Главная » 2009 » Yanvar » 2 » Chunki seni sevaman (Shoxruh)
18:34
Chunki seni sevaman (Shoxruh)
Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga 
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing 
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli 
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor afsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar 
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi 
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Yerga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim 
Yuzdan ortiq she`rlarim.
Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan, 
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
“Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
“Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.

Категория: SHERLAR | Просмотров: 1427 | Добавил: Shoxruh | Рейтинг: 3.0/4
Всего комментариев: 4
4 MohiRa  
0
bu prosta tak she'rmi ili bo'gan voqea? Ta'sirliiiiiiiii!!!!!!

3 asal  
0
qoyil

2 Shoxruh  
0
Ha Barno o'zimni sherim cry

1 BARNO  
1
Shohruh haqiqiatdananam shunaqa kuchli sevganmisiz ??? Judayam zo'r she'r ekan o'zizikimi???

Имя *:
Email *:
Код *:
Bo'limlar
SHERLAR [290]
Eng zo'r sherlar
LATIFALAR [24]
Kulguli
YANGI YIL TABRIGI [2]
Tabrik
RUSCHA SHERLAR [24]
Ruscha sherlar
MANALOG [9]
Sevgi izhori
ISMLI SHERLAR [7]
Bosh harf ism sherlar
DO'STLIK [4]
Do'stlik haqida sherlar
TOPISHMOQLAR [7]
Topamiz
RASMLAR [14]
Rasm chiza olasizmi?
Elonlar! [18]
Malumotlar
HIKOYA [4]
ADMIN SHOXRUH TOMONIDAN YOZILGAN HIKOYA
Kalendar
«  Yanvar 2009  »
DuSeChoPaJuShaYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Sizning fikringiz
Saytda sizga kimni sherlari maqul ?
Barcha javoblar: 434
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 8
Mehmon: 8
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga