Главная » 2015 » Iyun » 8 » Unutolmayman (Sevgi Hikoyalari)
23:51
Unutolmayman (Sevgi Hikoyalari)

Unutolmayman... Men u bilan MailAgentda tanishgandim. Unga birinchi bor do'stlari orasiga qo'shishi uchun (avtorizatsiya) yuborganimda meni qabul qilmagandi. Negadir men unga yana yubordim. U esa "tinchlikmi” deya yozdi men salom deb gap boshladim. Negadir u bilan suhbat qurishni hohladim. Biz uzoq gaplashdik yaqinroq tanishganimizdan keyin u meni qabul qildi dildi. Negadir men faqat u qiz bilan gaplashgim kelar uni mehribonchiliklari meni tabora o'ziga bog`lab olardi. Faqat agentga kirganimda u bo`sagina kirardim bo`lmasa tezda qaytib chiqdib ketardim. Ha men unga shunchalar bog`lanib qoldimki o'zim ham bu ahvolimdan hayron edim. Men undan telefon no'merini so'radim u esa o`ylanibgina oxiri no'merini berdi. Shundan keyin biz juda uzoq suhbatlashardik….. bir kuni uni uchrashuvga taklif qildim u esa hali ertamasmi dedi men uni rasmlarini juda ko`p bora ko`rgan bo'lsamda lekin o'zini ko`rgim kelganini tushutirdim. Uni qo'yarga qo'ymay uchrashuvga chiqishiga ko`ndirdim. Men istirohat bog`ida qo`limda gullar bilan uni kutardim… u esa sabrsiz yuragimni yanada kuttirar edi…. Mana men orzu qilib kutgan damlar u oxista qadamlar bilan men tomonga kelardi. Biz uzoq vaqt sayr qildik. Men o`sha damda faqatgina bir narsa haqida o`ylardim ha "biz bir birimiz uchun yaralganmiz” deya. Shundan so`ng biz ko`p uchrashdik men uni deyarli har kuni darsdan keyin uyiga kuzatib qo'yardim….. bir kuni uni uchrashuvga taklif qilib uni sevishimni aytdim… u esa uyalganidan yerga tikilib qoldi. Men yana so`zimni davom ettirdim uni ham menda ko`ngli borligini bilardim lekin baribir u menga sevgi izhor qilmadi. Men uni uyiga kuzatib qo'ydimda qaytib ketayotganimda ertaga javobingni kutaman deb qo`shimcha qildim. Men ertangi kunni orzu qilib kutardim… va nihoyat tong otti men unga telefon qildim negadir telefon o`chirilgan edi men havotirda qolib tezda uni uyi tomon yo`l oldim. Yo`lda unga telefon qilar ekanman yanada xavotirim ortdardi…… men uni uyiga yaqinlashganimda singlisi maktabga yo`l olgan ekan men undan opasini so`radim u esa menga bir maktub berdida yo`lida davom etti meni hayolim maktubda bo`lganligi sabab undan hech nima so'ramadim. Maktubni o`qir ekanman beniyoya tabassum qildimda xursand bo`lib uyimga qaytdim ishlarim bilan shug`ullandim men o`zimda yo`q xursand edim. Ha maktubda men kutgan so`zlar yozilgan edi…. U vaqtinchalik telefon ishlatolmasligini qo`shimcha qilgan bo`lsada men kutishga qaror qildim. Shundan so`ng biz kam uchrashdik u menga turli bohonalar qiladigan bo`lib qoldi. Bir kuni uni uchrashuvga taklif qildimda sababini so`radim u esa ko`zida yosh bilan meni judayam qattiq sevishini aytardi. Men sizni sevaman deya takror takror aytardi men bu holatdan hayron edim……. Oxiri u meni umrim oz qolgan deya tinimsiz yig`lardi. Men bu so`zni eshitib o`zimni yo`qotib qoydim…… uni bag`rimga bosib hammasi yaxshi bo`ladi deb dalda berishimga qaramasdan u baribir yig`lardi… odam o`zini umri oz qolganini bilishi naqadar azob ekanini bilardim… u o'zini majburlabgina tabassum qilib "meni tashlab ketmaysiza”deya ko`zimga tikilib turardi. Men uni yana bag`rimga bosib man san bilan birgaman deya dalda bo`ldim………. Ertasiga bizlar ko`p kasalxonalarga bordik….. lekin foydasi bo`lmasligini ta'kidlashardi men esa o`zimga kelolmasdim… uzog`i bilan 3 oy yashashini aytishdi. Men vrachni oldidan kulib chiqdimda uni erkalabgina "ehhhhhh san Mandan qutilmoqchimiding hali ko`p yasharkansan deya kuldim” u esa so`zimga ishondimi yoki atadanmi meni shunchalik quchoqladiki… Men ko`zimdagi yoshni unga bildirmaslik uchun uni qo'yib yubormadim… shundan keyin u bilan har kuni uchrashardik. Men uni yo`qotishni hohlamasdim uni yonida kulib tursamda unga ichimni alam yemirayotganini sezdirmasdim…… kunlar o`tishi bilan uni xar daqiqada yo`qotib qo'yishimni o`ylab kechalari uxlolmay chiqardim… bir kuni negadir ko`nglim g`ash bo`lib unga telefon qildimda uni uchrashuvga taklif qildim… biz uzoq vaqt suhbat qildik… men uni uyiga kuzatib qo'ydimda negadir ketgim kelmadi. U esa nima siz meni uyimga qorovullik qilasizmi deya xazillashardi. Men ortimga qaytar ekanman negadir ko`zimga yosh keldi… ertasiga unga tel qildim telefon o`chirilgan men qo`rqib uni uyiga bordim… ne ko`z bilan ko`ramayki uyini oldida odamlar to`plangan tumonat odam. Men hech nimaga qaramasdan uni uyiga yugirib kirdim… qaniydi bu ahvolni ko`rmasam men jondan sevgan qizim jonsiz ahvolda yotardi… uni uyidagilar ham meni taniganliklari sabab uni yonida bir oz qolishimga qarshilik qilishmadi… men tinimsiz yig'lardim… kimdir yelkamdan oxista tutib sizni dadam chaqirayaptilar dedi. Qarasam qizni akasi ekan… ko`zimdagi yoshni berkitib.. qizimni dadasini oldiga kirdim. "o`g`lim qizimni qanchalar sevganizni bilaman…. Deb gap boshladilar va cho'pon bilan belbog` berib boring o`g`lim qizimni oxirgi manzilga kuzatib qo'ying” deya ko`zlarida yosh bilan meni oldilaridan chiqarib yubordilar. Shundan keyin kunlarim mazmunsiz o`tadigan bo`ldi. Bir ikki oy ishga chiqmadim. Juda ham kam gap bo`lib qolgandim…. Men u qizni hech qachon unutmayman. Sizlardan iltimosim sevgan insoningizni qadriga yetinglar

Категория: HIKOYA | Просмотров: 2347 | Добавил: defaultNick | Рейтинг: 4.4/5
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Bo'limlar
SHERLAR [290]
Eng zo'r sherlar
LATIFALAR [24]
Kulguli
YANGI YIL TABRIGI [2]
Tabrik
RUSCHA SHERLAR [24]
Ruscha sherlar
MANALOG [9]
Sevgi izhori
ISMLI SHERLAR [7]
Bosh harf ism sherlar
DO'STLIK [4]
Do'stlik haqida sherlar
TOPISHMOQLAR [7]
Topamiz
RASMLAR [14]
Rasm chiza olasizmi?
Elonlar! [18]
Malumotlar
HIKOYA [4]
ADMIN SHOXRUH TOMONIDAN YOZILGAN HIKOYA
Kalendar
«  Iyun 2015  »
DuSeChoPaJuShaYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Sizning fikringiz
Siz sevasizmi?
Barcha javoblar: 1467
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 9
Mehmon: 9
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga