Главная » Статьи » Sevgi Hikoyalari | [ Добавить статью ] |
FOJIAGA AYLANGAN SEVGI
Sevib -sevilishni Alloh taolo har kimga ham nasib qilavermas ekan. Buni qarangki sevgini Olloh faqat uni qadriga yetgan va uning uchun kurashgan, har qanday to’siqqa qaramay uning uchun olg’a yura olgan insonlargagina nasib qilar ekan Muhabbat bu. . . Bu so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan, faqat va faqat toza qalb bilan his qilish mumkin bo’lgan, xukmronlikka bo’ysinmaydigan va pulga sotilmaydigan yagona tuyg’udir. Aytishlaricha, u birdaniga insonni qalbini, vujudini va hoyilini egallab olar emish. Bu esa uni naqadar buyukligini isbotlab beradi. Inson sevib qolgach sevgan yorisiz hayot toxtab,unga qorong’u bo’lib ko’rina boshlaydi, betinim shamol uchurgan xazon kabi u yerdan bu yerga asta uchaveradi,murdadek tilsiz, qanoti singan qushdek umidsiz, sil kasaliga yo’liqqan bemordek madorsiz bo’lib qoladi. Axir sevgining ko’zi ko’r, qulog’i kar, og’zi soqov bo’ladi. U hech nimani eshitmaydi, ko’rmaydi, so’zlamaydi. Lekin u faqat u bir narsaning amriga quloq soladi, bo’ysunadi. U narsa faqat sevgining muaffaqiyati uchungina yashaydi. Bu inson tanasidagi QALBdir Sevgining oldida shox ham,gado ham bir. Asar bir do’stimning muhabbati bilan bog’liq. Do’stim va sevgilisining muhabbati deb qanchadan-qancha inson azob chekdi. Muhabbat ko’chasiga kirib adashmaslikni har bir insonga nasib qilishini Tangridan so’rab qolaman. Bu bo’lib o’tgan hayotiy voqeada ishtirok etgan qahramonlarning hayoti kimlargadir saboq bo’lishini niyat qilib qog’ozga tushirishga qaror qildim. Zero, yaxshilik uchun qilingan har qanday ish Alloh nazdidadir. Komoliddin Shamasiyev Kuz. O’qish endigina boshlangan payt, har bir o’quvchi 3 oy davomida mazza qilib damolib, o’qish tomon intilgan mahal. Biz ham qolgan o’quvchilar kabi o’qishga shoshilvotgan edik. O’qish ham boshlanib ketti. Bizning o’qishga bizdan kichkina kursdagi o’quvchilar yeg’ilvotgani, ular ichida go’zal qizlar borligi hammamizni quvontirardi. Chunki ko’pchiligimiz deyarli hamma do’stlarim qizlar bilan muhabbat ko’chasiga kirmagan edik. To’gri hayot faqat qizlar bilan muhabbatdan iborat emas ammo bu savdo hammaning boshida bor. Sentabr oyida hamma bir birini ko’zlari bilan kuzatgan, bir biri bilan tanishmoqchi bo’lib yurgan, qanday qilib tanishishni bilolmayotgandi. Lekin muhabbat ko’chasiga kirib qolaman deb hech ham o’ylamagan do’stim o’zi bilmagan xolda bu ko’chaga kirib qoldi. Bu voqea quyidagicha yuz berdi: O’qish paytida bo’lib o’tadigan tadbirlar o’quvchilar yordamida amalga oshirilar edi. Sentabr oyi tugab borvotgan, 1-oktabr ya’ni mehribon o’qituvchilar kuni yaqinlashayotgan edi. Shu bois o’qishimizdagi o’quvchilar yeg’ilib o’qituvchilar bilan tadbirga birgalikda tayyorgarlik ko’rishmoqda edi. Buni qarangki taqdiri azal deb bekorga aytishmas ekan, taqdirdan qochib bo’lmasligi aniq ekan. Bu tadbirda do’stim men va do’stimning o’sha o’zi bilmagan maftunkor, o’jar, o’z bilganidan qolmaydigan muhabbati qatnashayotgan edik. Do’stim ham o’ziga yarasha qaysar, u ham o’z bilganidan qolmaydigan, yigit kishini ko’rki- kamtar va g’ururli edi. Aqilga sig’maydi bu ikki inson ham bir xil xarakterga ega. Ikkalovi o’jar bo’lganligigami, bularning sevgisi boshqalanikidan ajralib turardi. Psixologlarning fikricha agar ikki sevishgan inson turli xil xarakterga ega bo’lsagina ular uzoq va baxtli yashashar ekan. Chunki yigitning kamchiligini qiz, qizning kamchiligini yigit to’ldfirar emish. Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu ikki sevishgan bir xil xarakterga ega bo’lsa xam ulardan baxtliroq inson yo’q edi. Keling endi o’sha ularni birlashtirgan tadbirga qaytsak. Tadbir paytida ular bir birlariga ko’p martta qarashar, qiz uyalganidan ko’zini ob qochar, do’stim esa bunga befarq edi. Tadbir tugagach bir qo’ng’iroq tufayli do’stim bilan o’sha qiz do’stlashib ketishdi. Buni qarangki men telefon topolmay o’sha qizning telefonidan do’stimga qo’ng’iroq qilgan edim, azgina vaqt o’tgach u ham meni qidirib aynan shu raqamga meni so’rab telefon qilib o’sha qiz bilan tanishib ketgan ekan. Ularning do’stlashishiga qaysidir ma’noda men sababchi bo’ldim. Agar men bo’lmaganimda balkim bular gaplashmasmidi? Bilmadim! Oktabr oyi boshlandi. O’qish davom etayotgan edi. O’sha qizning ismi Diyora, do’stimning ismi esa Kamronbek edi. Kamronbek bilan Diyora telefon orqali aloqa qilib bir birlarining xolidan xabar olib turishardi. Kun sayin ularning do’stligi kuchayib borardi. Qiz bilan yigitning o’rtasida hech qanaqa do’stlik bo’lishi mumkun emas deganlari haqiqat ekan. Chunki ularning do’stligi ham uzoqqa cho’zilmadi. Kamronbek do’stim juda ham qizg’anchiq, rashqchi bo’lganligi sabablimi u ortiq kuta olmadi. Balkim shu ularning do’stligiga nuqta qo’yib yangi tuyg’u ya’ni muhabbatni shu ikki insonning qalbida paydo bo’lishiga sababchi bo’lgandir. Do’stim menga nima bo’lsa bo’ldi Diyora mening sevgimni rad etmaydi, chunki uni o’zi ham meni juda qattiq yahshiko’radi, nima qiliy deb maslahat so’radi. Men esa qalbinga, yuraginga quloq sol ana o’shatdangina o’zinga kerakli javobni topasan deb javob berdim. U huddi men aytganimdek qildi, qalbiga quloq solib Diyoraga uni jonidanam ortiq ko’rishini aytdi, Diyora esa ancha vaqtgacham o’ylanib turdi, ozgina javob qaytarishga uyaldi, boshqa bunday imkoniyat bo’lmasligini tushunib yetib u ham unga aynan shunday javob qaytardi. Ulardan baxtliroq inson yo’q edi. Do’stimning baxtini ko’rish men uchun ham BAXT edi. Uni xursand bo’lib yurishida ortiqroq narsa menga kerak emasdi. Ularning ko’ziga bir-biridan boshqa hech kim ko’rinmasdi. Go’yo bu dunyoda ulardan boshqa inson yo’qde. Mana shu narsa meni azgina xavotrga solib turardi. Chunki bu darajada bir biriga bog’lanib qolish yahshilikga olib kelmasligini men juda yahshi bilardim. Do’stimga shuni ko’p martta tushuntirishga xarakat qilardim lekin u meni eshitmas, hop deb bilganidan qaytmas edi. Bejiz xayot bir tekislikdan iborat emas deb aytishmas ekan. Oldinda taqdir ularga qo’ygan sinovi bor edi. Men qo’rqqan narsa yuz berdi. Buni eslash men uchun og’ir. O’sha kunni hamon yodimda. 24-may. Men Kamronbek bilan magazinga Diyoraga sovg’a olgani borgan kun. Bu kuni ularning sevgisiga 7 oy bo’lgandi. Diyoraga sovg’a olib qaytdik, keyin u Diyora bilan uchrashishga men esa uyimga keldim. Hammasi yahshi ketayotgan payt. Soat kechgi 8 laga yaqin Kamronbek meni uyimga keldi. Boshida biroz hayron bo’ldim chunki avvallari do’stim ishdan chiqib bizning uyga kelmasdi. Rangida rang qolmagandi, yuzlari qizarib ketgan, qo’llari shilingan, ko’z atrofi ishgan, eng dahshatligi hammayog’I qon bo’lgandi. Judayam qo’rqib kettim. Nima bo’ldi? Kim sani bu axvolga soldi deb so’radim, u esa endi nima qilaman diyishdan nariga o’tmasdi. Uni axvoli meni havotrga solib qo’ydi. Hayolimdan xar xil fikrlar o’tardi. Yomon niyat qilishdan o’zimni tiyib undan yana nima bo’lgani so’radim, u yana o’sha javob endi nima qilaman deyishdan uyog’iga o’tmasdi. Uchinchi martta so’raganimda u Diyorani uyidigilari men haqimda bilib qolishibdi, akasi menga qo’ng’iroq qilib do’q qildi, men esa Diyorani o’ylab akasiga hech narsa demadim didi. Keyinchi keyin nima bo’ldi desam akasi ishlayotgan joyimga kelib meni haqoratlab ketdi, Diyora bilan bir birimizni juda ham qattiq sevishimizni tushuntirmoqchi bo’ldim ammo u jaxl ustida meni urdi. Men esa indamadim, vaziyat yomonlashar uning g’azabi tobora oshib borar edi. Hammasiga chidadimu oilamni haqorat qilib so’kinganiga chiday olmadim. Ayniqsa bunga yigitlik g’ururim yo’l qo’ymas edi va men ham uni urishga majbur bo’ldim. O’sha damda ko’zimga hech narsa ko’rinmadi, aqlimni yoqotgan edim. Qo’limga tushgan bor narsa bilan urdim, oxiri qo’limga pichoq tushib qoldi deb jim bo’lib qoldi. Men Kamron do’stim san aqlli bolasanku, pichoqni joyiga qo’yib qo’ydin to’rimi desam yo’q pichoqni olib 3-4martta o’zib bilmagan xolda tiqib yubordim dedi, Akasiga nima bo’ldi deb so’rasam tirik kasalxonada yotibdi, unga men pichoqni tiqganimni hamma bilibdi, militsiya xodimlari meni qidirib yurishibdi didi. Qayerga borishimni bilmyamman, menga yordam ber iltimos deb yalinardi. Uyga kirib ota- onamga Kamron bilan nima bo’lganini yahshilab tushuntirdim, do’stimning bizani uyda turib turishi uchun ota-onamdan ruxsat so’radim.Ular Kamronbekni yomon bola emasligini bilishardi shuning uchun ham uyimizada turishiga ruxsat berishdi. Kamronni xamma qidirayotgan edi. Uning uyidagilariga Kamronbek axvol yaxshilanishiga qadar bizani uyimizada turib turishini aytdim. Ota-onasi Kamron do’stim yoshligida avto xalokat tufayli vafot etishgandi. Do’stim yoshligidan buvisi bilan birga turardi. Buvisi meni umringdan baraka top bolam, sen bo’lmaganingda nima qilardik deb yeg’lab duo qilardilar. Men esa buvijon siqilmang bu kunlar ham o’tib ketar deb ovutishga xarakat qilardim. Azginadan so’ng odamlar, o’quvchilar orasida xar xil gaplar tarqala boshladi, kimdir Kamronni bo’lib o’tgan voqeadan so’ng boshqa yerga qochib ketgan desa qolganlari uni o’ldiga chiqarishdi. Diyorani esa o’sha ‘osha ko’rmadim. Uni boshqa o’qishga olib o’tishibdi deb eshitdim. Kamron bizanikidaligiga deyarli 10 kun bo’ldi. Diyora yashaydigan mahallaga ko’p martta do’stim bilan birga bordik lekin Diyorani topaolmadik. Do’stimning axvoli kundan kunga og’irlashib borardi. Uni xaliyam xamma qidirayotgan edi. Avvallari Diyorani 1 kun ko’rmasa turolmasdi. Shu darajada axvol og’irlashib bordi. Kunlar xam juda tez o’ta boshladi. Xuddi yosh bolalar singari bir birini quylab yurardi. Kunlar tez o’tishga o’tardiku lekin Diyoradan xaligacham xabar yo’q edi. Do’stim bilan har kuni suhbatashib o’tirardik. Diyorani sog’ingani uning ko’zidan bilinib turardi. Unga faqat sabr qilish kerakligini tushuntirardim. Ko’z ochib yumguncha 1 oy o’tib ketti. 24-iyun. Ularning sevgisiga 8 oy bo’lganida Kamronga Diyoraning o’qishdagi eng yaqin do’stlaridan biri qo’ng’iroq qilib Diyora kasalxonadaligini etdi. Eshitishimcha qandaydir dorilarni ichib yuboribdi, oshqazonini yuvishga kasalxonaga olib kelishibdi. Kamron men uyda yo’qligimda yugurib chiqib ketibdi. Kelib uni hechqayerdan topa olmadim. U kasalxonaga ketganini aniqlab kasalxonaga yugurdim. Kasalxona yaqinida odamlar to’planib turganiga ko’zim tushdi. Borib yaqinroq qarasam yerda bir inson qonga belanib yotardi. Yaqinroq borsam o’sha inson mening yaqin do’stim KAMRONBEK ekan. Shoshib yo’ldan o’tayotgan mahal bir yuk mashinasi behos urib yuboribdi. Do’stimni quchoqlab yeg’lay boshladim. Kamronning o’lganiga hech ham ishongam kelmasdi. O’lim haq, Ollohning irodasi. Bo’lib o’tgan voqeadan so’ng Diyorani topishga xarakat qildim, lekin urinishlarim befoyda edi, chunki u qattiq nazorat ostida edi. Yaqin dugonasini topib unga bo’lib o’tgan voqeani so’zlab berdim. Diyoraning dugonasidan bo’lib o’tgan voqeani Diyoraga yetkazib qo’yishini iltimos qildim. 2 kun o’tar o’tmas Diyora ham vafot etganini eshitdim. Kamronning vafot etganini u ko’tara olmay o’z joniga qasd qilibdi. Bu menga juda qattiq ta’sir qildi. Chunki men ham Diyorani jonimdan ortiqroq ko’rardim. Uni sevishimni unga bildirmagan edim chunki uning ko’ngli do’stimda edi. UNdan ham achinarlisi shundaki u mening aybim bilan bu dunyodan erta ko’z yumdi. Diyoraga bo’lgan sevgim u bilan birga tuproqqa ko’milib ketti. 1 vaqtning o’zida ikki suygan insonimdan ayrildim. Ularning vafotiga 4 oy bo’ldi. Agar ular tirik bo’lishganida hozir birga bo’lar edik, chunki bugun ularning sevgisi 1 yoshga to’ldi. Do’stimning o’sha paytdagi xursandchiligi hech ham ko’z oldimdan ketmaydi. . . Aytishlaricha agar ikki inson bir birini juda qattiq yahshiko’rsayu lekin bu foniy dunyoda birga bo’lmasa, boqiy dunyoda albatta billa bo’lishar emish. Ollohdan Kamronbek bilan Diyorani boqiy dunyoda birga bo’lishlarini so’rab qolaman. . . www.love-uz.tk ga maxsus Источник: http://www.love-uz.tk | |
Просмотров: 7186 | Комментарии: 15 | Рейтинг: 4.0/8 |
Всего комментариев: 15 | 1 2 » | ||||||||||
| |||||||||||
1-10 11-15 | |||||||||||
Bo'limlar
Sevgi Hikoyalari [10] |
Sizning fikringiz
Hozir saytda
Hammasi bo'lib: 1
Mehmon: 1
Sayt a'zosi: 0
Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor
Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga