Главная » Статьи » Sevgi Hikoyalari [ Добавить статью ]

Sevgi
Sevgi 
Avvaliga bir – birilarini tanimas edilar. Ularni sevgi degan g`aroyib kuch topishtirdi. Ular ana shu kuch sehriga maftun bo`lib qoldilar. 
Ajab, sevgi hech qachon yolg`iz yurmas ekan.Unga Hijron degan alanga ergashib keladi. Ular ana shu alanga otashida baravar kuya boshladilar. 
Nihoyat, hijron alangasi so`ndi-yu, sevgi Visol degan entiktiruvchi tuyg`uni yetaklab keldi. Endi ular baxtiyor edilar. 
Ajab, Sevgi hech qachon yolg`iz yurmas ekan. Endi Sinov degan to`siqni yetaklab keldi. Agar ular Sevgining qo`lidan mahkam tutishganida bu to`siqdan o`tishlari mushkul emasdi. Ammo bunday bo`lmadi. Ular sinov oldidan chekindilar. 
O`rtada Shubha , Rashk degan sharpalar o`rmalab qoldi. SHunda ular o`zlarini topishtirgan sevgiga ilk bor ta`na toshi otdilar. 
Sevgi shunda ham ularni kechirdi. Sabot, Mehr degan kuchlarga oshno qilishga urindi. Ammo ular Sabotni ham , Mehrni ham unutdilar. O`zlarini topishtirgan sevgi degan “yovuz kuch” ga la`nat atdilar ! 
SHunda .. ularning qismatiga Xiyonat kirib keldi ! Ular Sevgini ayblay – ayblay , oxiri… ajrashdilar… 
Qismat chorahasida esa uchra begunoh go`dak chirqillab qoldi. Besh yashar o`g`il, uch yashar qizaloq va … yetim qolgan SEVGI…



Источник: http://www.love-uz.tk
Категория: Sevgi Hikoyalari | Добавил: Shoxruh (26.12.2008) | Автор: Shoxruh E W
Просмотров: 4015 | Комментарии: 11 | Рейтинг: 2.1/13
Всего комментариев: 111 2 »
11 Yashnar  
0
Shoxrux oka omat tilayman yanada bunday hikoyalardan koproq yozishingizni kutib qolaman oka

10 rustam  
0
xm sh6 xam 4iroyli desa b6ladi lekin b6 darak4i gazitada yozilganda xa xa xa xaaaa

9 ulugbek  
0
ajoyib judaxam manoli judaxam chiroyli sevgi va judaxam ayanchli ajrashuv xulas gap yo'q.IJODIYIZGA OMAD.

8 leyla  
0
judayam zo'r rostdanxam juda chiroyli yozarkansiz. omad

7 dilya  
0
TANISHAMIZMI

6 dilya  
0
AJOYIB. TANISHANIZMI?

5 Shoxruh  
0
Rahmat sizga xam omad Kitob yozishi o'ylab ko'raman biggrin

4 QAYSAR QIZ  
0
SHOHRUH SIZQA OMAD TILAYMAN HIKOYANGIZGA GAP YOQ KITOB ЁЗСАНГИЗ БУЛАРКАН

3 BARNO  
0
Ajoyib hikoya !!! Shohruh sizga omad !!!

2 boburbek  
0
daxshatu!! zo'r

1-10 11-11
Имя *:
Email *:
Код *:
Bo'limlar
Sizning fikringiz
Admin Shoxruhning qaysi sheri sizga yoqadi
Barcha javoblar: 682
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 3
Mehmon: 3
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga