Главная » 2008 » Dekabr » 09
Bizgacha ham olov bo'lgan suv bo'lgan,
sizgacha ham ne ne ohu ko'z bo'lgan.
O'zingizga bino qo'ymang qizlarjon,
yalmog'iz ham yoshligida chiroyli qiz bo'lgan.
Категория: LATIFALAR | Просмотров: 2005 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (1)

Gar baxtimdan bo'lsang umidvor,
Baxtsiz yurgan chog'imda ham sev.
Birga yurgan damlarni eslab,
Ayriliqda yurganda ham sev.
Qalbin esa toza musaffo,
Qalbakimas chin dilingdan sev.
Yuragimni senga topshirsam,
Vaqtinchamas bir umrga sev.
Категория: SHERLAR | Просмотров: 1142 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (1)

Shunday baxt tilaginki o'zga bir inson,
sening baxting tufayli baxtsiz bo'lmasin.
Shunday baxt tilaginki orzumand ko'ngil,
so'ngra pushaymonga to'lib toshmasin.
Shunday baxt tilaginki ko'ngilni tabi,
faqat o'zingamas barchaga yoqsin.
Baxtinga baxt tilab baxtli odamlar,
ortingdan doimo xavasda boqsin.
Категория: SHERLAR | Просмотров: 1565 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (1)

Sog'inish nima u?
Qandayin tuyg'u,
Ko'zlarimga hech kelmaydi uyqu.
Paydo bo'lar qalbimda,
qandaydir qayg'u.
Jonim ishoning sizni sog'indim.
Mayli bo'lay gunohkor o'zim,
sizga aytay dildagi so'zim,
sizni izlar shu qaro ko'zim,
Jonim netay sizni sog'indim.
Категория: SHERLAR | Просмотров: 1074 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (0)

"D"unyoga keldimu yashadim ammo,
"O'"zizdek mehribon inson topmadim.
"S"iz" bilan o'tkazgan o'sha damlarni,
"T"illayu oltinga teng etolmadim.
"I"ntildim doimo sizni ko'rishga,
"M"ehringiz nafasdan bahra olishga.
"G"ar bo'lsa edi men uchun imkon,
"A"badiy siz bilan birga qolishga.

Категория: DO'STLIK | Просмотров: 1350 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (1)

Yuragimga to`lganda sog`inch,
Topolmasam biror bir ovunch,
Atirgulga to`lganda hovuch,
Seni ko`rgim kelar hamisha
 
Menga kerak sening jamoling,
Oydek oydin sening visoling,
Hudoyimdan tilab iqboling,
Seni ko`rgim kelar xamisha.
 
Mayli o`lsam sen bilan o`lay,
Quvonsang gar birga quvonay,
Sensiz bu dunyoda yashab men netay,
Seni ko`rgim kelar hamisha.

Категория: SHERLAR | Просмотров: 1208 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (0)

Yuragim siqilib g`am bossa meni,
Kerakmas men uchun g`amxo`r ximoya.
Shu onda bir nafas eslasam seni,
Shu uzi men uchun qilar kifoya.
Категория: SHERLAR | Просмотров: 1099 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (0)

Senga nima bo`ldi, jo`ra?! Hamma joying tirnalgan, ko`zlaring ko`kargan, kiyimlaring ham yirtilib ketibdi… yur, uyinga kuzatib qo`yaman.

- Hozir, uydan kelyapman, o`zi…

Категория: LATIFALAR | Просмотров: 1674 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (1)

Sotuvchi xaridorga dedi

- Mana bu tish pastalari cho`tkasi bilan sotiladi. Marhamat, oling, tish cho`tkasi siz uchun tekinga tushadi.

- Do`konda tish pastasi tekinga tushadigan cho`tkalar ham bormi?! – so`radi xaridor.
Категория: LATIFALAR | Просмотров: 1492 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (0)

Er uyga g`irt mast holda keldi.

- Dadasi, endi ichmayman, deb va`da bergandingiz-ku, yana ichibsiz-da?!

- Ha, ichdim, ichkilikni tashlaganimga uch kun bo`lganligi uchun ichdim.
Категория: LATIFALAR | Просмотров: 1722 | Добавил: love-uz | Дата: 09.12.2008 | Комментарии (0)

Bo'limlar
SHERLAR [290]
Eng zo'r sherlar
LATIFALAR [24]
Kulguli
YANGI YIL TABRIGI [2]
Tabrik
RUSCHA SHERLAR [24]
Ruscha sherlar
MANALOG [9]
Sevgi izhori
ISMLI SHERLAR [7]
Bosh harf ism sherlar
DO'STLIK [4]
Do'stlik haqida sherlar
TOPISHMOQLAR [7]
Topamiz
RASMLAR [14]
Rasm chiza olasizmi?
Elonlar! [18]
Malumotlar
HIKOYA [4]
ADMIN SHOXRUH TOMONIDAN YOZILGAN HIKOYA
Kalendar
Sizning fikringiz
Admin Shoxruh tomonidan kuylangan qaysi qo'shiq sizga yoqdi ?
Barcha javoblar: 1224
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 9
Mehmon: 9
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga