Главная » 2008 » Dekabr » 28 » Dildor (Shoxruh)
19:18
Dildor (Shoxruh)
Ko'z yoshingni oqizma, dildor 
Umr o'tar, sevgi o'lmaydi. 
Dunyo g'ami bir senda emas 
Ko'z yoshi-la tamom bo'lmaydi. 

Qalbim ko'zi ko'r ekan, afsus 
Muhabbating ko'ra olmadim. 
Kulganingda kuldim, yig'lasang 
Senga hamdard bo'la olmadim. 

Sen ketding-u, ko'zim ochildi. 
Endi qalbim tinchimas sira. 
Orzularim senda ketti-yu 
Menda qoldi shirin xotira. 

Ko'z yoshingni oqizma, dildor 
Aslo, aslo g'amga botmagin. 
Mening uchun kuymagin lekin 
Muhabbating xech unutmagin. 

Erta bir kun tole'ing kulsa, 
Orzularing o'ngidan kelsa, 
Ota-onang qilib duoing 
Yor-do'stlaring yoningda bo'lsa 
Meni esla, meni chorla yoningga 
Mehmon bo'lib boray xonadoningga. 

Yo biron kun kelsa og'ir dam, 
Yo boshingni egganida g'am, 
Kipriklaring bo'lganida nam 
Meni esla, meni chorla yoningga 
Iloji topib, oro kiray joningga. 

Unutilib ketaman izsiz 
Bir kun so'nsa umr yulduzim. 
Agar ruhin shod qilay desang 
Meni esla, esla azizim.

Категория: SHERLAR | Просмотров: 1003 | Добавил: Shoxruh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Bo'limlar
SHERLAR [290]
Eng zo'r sherlar
LATIFALAR [24]
Kulguli
YANGI YIL TABRIGI [2]
Tabrik
RUSCHA SHERLAR [24]
Ruscha sherlar
MANALOG [9]
Sevgi izhori
ISMLI SHERLAR [7]
Bosh harf ism sherlar
DO'STLIK [4]
Do'stlik haqida sherlar
TOPISHMOQLAR [7]
Topamiz
RASMLAR [14]
Rasm chiza olasizmi?
Elonlar! [18]
Malumotlar
HIKOYA [4]
ADMIN SHOXRUH TOMONIDAN YOZILGAN HIKOYA
Kalendar
Sizning fikringiz
Admin Shoxruhning qaysi sheri sizga yoqadi
Barcha javoblar: 682
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 1
Mehmon: 1
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga