Главная » 2011 » May » 04
Endi Saytga Love-Uz.TK orqali kirishingiz mumkin Musiqalar Sahifasini Yangilash niyatidamiz Saytga yana qanday Qo'shimchalar Zarur o'z fikringizni qoldiring bu sayt Sizning sevimli Saytingiz bo'lishi uchun Birgalikda Harakat qilamiz  Hurmat Bilan Sayt admini SHOXRUH
Категория: SHERLAR | Просмотров: 687 | Добавил: Shoxruh | Дата: 04.05.2011 | Комментарии (0)

Bugun seni Tark etaman
mendan ranjima gulim
ozorlarim kam etaman
endi ko'rmaysan ozorim
senga yetmadi qo'lim
ojiz qoldi bu tilim
boshqa ekan mening yo'lim
meni tark etmadi o'lim
ertangi kunim bormi bilmayman
seni umidvor qilolmayman
yuragim sevadi seni
lek o'zim seva olmayman
dardlarim bir dunyo
azob faqat menga go'yo
orzularim bo'lmadi ro'yo
bahtli bo'l sevgim alvido


Категория: SHERLAR | Просмотров: 915 | Добавил: Shoxruh | Дата: 04.05.2011 | Комментарии (3)

Ishonaman sizga, azizim,
Faqat meni sevasiz, faqat -
O'pich uchun bir menga izn
Berasiz-u yotga yo'q shafqat.

Turna bo'lib uchar qoshingiz,
Qabog'ingiz shimadi shafaq.
Shab sharobin ichar sochingiz,
Kiprigingiz - hilol, muhaqqaq.

Barmog'ingiz atirgulday xush,
Ko'ylagingiz yoqasi burma.
Ko'ksingizda g'unchalar behush,
Poyingizga qadalgan durmi?!

Nur elagan oyday yuzingiz
Bilamanki, faqat men uchun.
Demak, chindir aytgan so'zingiz,
Demak, meni sevishingiz chin.

Tun torayib boradi asta,
Xayolotga bazo'r sig'asiz.
Meni o'ylab uxlayolmasdan,
Yostiq tilin tishlab chiqasiz.

Tuyg'ularim aldamas sira,
Hech bir qizni sizday suymadim.
Tarqab ketar olis xotira -
O'zgaradi yurak qiymati.

Xum ichida qolgan g'o'raman,
Ko'hna mayday ko'pirar qonim.
Faqat sizni yaxshi ko'raman,
Faqat sizni o'paman, jonim!

Категория: SHERLAR | Просмотров: 767 | Дата: 04.05.2011 | Комментарии (2)

Ota, meni o'ylab g'am yema,
Ko'nglim - ko'hna ovchining saydi.
Meni bandi aylagan kema
Hali-veri to'xtash bilmaydi.

Kamalakka aylanar yo'lim,
Goho g'amnok, gohida sho'xman.
Qaytishimni o'ylash kulgili -
Men miltiqdan otilgan o'qman.

Manzilim qay? Kimning yuragi?
Xudo bilar - qildingmi tusmol...
Qo'rqma, mening sinmas kuragim,
Qo'rqma, mening o'ylarim halol.

Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hech kim,
Oshiqlari berib qo'ygan tan.

Ketmon emas, qalamim ila
Kiprigimga ilaman Yerni.
Kechir meni, otajon, illo,
Portlab-portlab yashagim keldi.

Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men Zaminni kaftimga qo'yib,
Bitta ulkan qishloq qilaman.

O'z ruhimni tanidim shul dam,
Oq fotiha berdi pirlarim.
Fotih bo'lib otlandim, ildam -
Qilich tutdi yovqur she'rlarim.

F ... Davomi »

Категория: SHERLAR | Просмотров: 869 | Дата: 04.05.2011 | Комментарии (0)

Bo'limlar
SHERLAR [290]
Eng zo'r sherlar
LATIFALAR [24]
Kulguli
YANGI YIL TABRIGI [2]
Tabrik
RUSCHA SHERLAR [24]
Ruscha sherlar
MANALOG [9]
Sevgi izhori
ISMLI SHERLAR [7]
Bosh harf ism sherlar
DO'STLIK [4]
Do'stlik haqida sherlar
TOPISHMOQLAR [7]
Topamiz
RASMLAR [14]
Rasm chiza olasizmi?
Elonlar! [18]
Malumotlar
HIKOYA [4]
ADMIN SHOXRUH TOMONIDAN YOZILGAN HIKOYA
Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Sizning fikringiz
Sevgi deganda nimani tushunasiz?
Barcha javoblar: 883
BIZNING REKLAMA
Hozir saytda

Hammasi bo'lib: 5
Mehmon: 5
Sayt a'zosi: 0


Orzu umid bor
quvonch qayg'u bor
yahshimi yomonmi
yashaymiz hayot bor



Dunyo borki sevgi bor
sevgi esa betakror
go'zallarning go'zali
SEVGI OLAMIda bor
kimdur tushida ko'rar
kimdur o'ngida ko'rar
bu hasta yurak esa
tinmasdan urib turar
borligini eslatar
muxabbat xar zamonda
kerak bo'lsa yig'latar
yetmaganda qadriga